“OpenAI” o‘zining birinchi dasturchilar konferensiyasida yirik tilli flagman modelining takomillashtirilgan versiyasi bo‘lgan “GPT-4 Turbo"ni taqdim etdi. Bu haqda “3D News” xabar berdi.

Kompaniya dasturchilari yangi “GPT-4 Turbo” “GPT-4"ga qaraganda kuchliroq va shu bilan birga arzonroq bo‘lganini ta’kidlamoqda.

“GPT-4 Turbo” tili modeli ikkita versiyada taqdim etiladi: biri faqat matn tahlili uchun mo‘ljallangan, ikkinchisi nafaqat matn, balki tasvirlar kontekstini ham tushunadi.

Kompaniya neyron tarmoqning ikkala versiyasini ham yaqin haftalarda ommaga taqdim etishga va’da berdi.

“GPT-4 Turbo"dan foydalanish narxi 1000 ta kirish tokeni (taxminan 750 so‘z) uchun $0,01 va 1000 chiqish tokeni uchun $0,03 ni tashkil qiladi. Kirish tokenlari xom matn qismlaridir. Masalan, “fantastik” so‘zi “fan”, “tas” va “tic” tokenlariga bo‘linadi.

Chiqish tokenlari, o‘z navbatida, kirish tokenlari asosida model ishlab chiqaradigan tokenlardir.

Tasvirni qayta ishlash uchun “GPT-4 Turbo” narxi tasvir hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, unda 1080×1080 pikselli tasvirni qayta ishlash $0,00765ga tushadi.

“Biz ishlashni optimallashtirdik, shuning uchun biz “GPT-4 Turbo"ni kiritish tokenlari uchun uch baravar va chiqish tokenlari uchun “GPT-4” bilan solishtirganda yarim narxda taklif qilishimiz mumkin”, deyiladi “OpenAI” blogida.


Avvalroq “Spot” “OpenAI” “ChatGPT"ga ovozli chatlarni qo‘shgani haqida yozgandi.

Funksiya dastlab faqat pulli obunachilar uchun mavjud bo‘lib, keyinchalik undan hamma foydalanishi mumkin