“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.

Bepul Telegram Premium

Kanallar egalari atigi bir nechta bosish orqali yutuqli o‘yinlar yaratishi mumkin. “Telegram” g‘oliblarni kanal egalari belgilangan qoidalar asosida tasodifan tanlaydi va mukofotlarni tarqatadi.

Omadli g‘oliblar hadya kodlariga ega havolalarni oladi, bu ular g‘olib bo‘lganining ommaviy tasdig‘i sifatida xizmat qilishi mumkin.

Har bir kod “Telegram Premium"ga bepul obunani o‘z ichiga oladi, lekin tashkilotchilar kanalga qiziqishni orttirish uchun boshqa mukofotlarni (Teslalar kabi) qo‘shishi mumkin.

Buni sinab ko‘rish uchun 13-noyabrgacha “Telegram” asoschisi va bosh direktori homiyligidagi yutuqli o‘yinga qo‘shilish mumkin. Premium obuna bo‘lsa ham kirish va g‘olib bo‘lish hamda mukofotni do‘stiga o‘tkazish mumkin.

Yangi kuzatuvchilar olish bilan birga, kanallar yutuqqa qo‘ygan har bir obuna uchun avtomatik 4 ta ovoz oladi.

Bu ovozlarni boshqa kanalga o‘tkazish imkonsiz va ular yutuqli o‘yindagi obunalar muddati davomida kanalda qoladi. Ovozlar kanallarga darajasini oshirish hamda hikoyalar, maxsus ranglarni ochish va boshqalarga yordam beradi.


Yutuqli o‘yinlar yaratish

G‘oliblar soni va yutuqli o‘yin davomiyligidan tashqari, tashkilotchi barcha obunachilar yoki faqat yangi obunachilar qatnasha olishini belgilashi va muayyan mamlakatlarni tanlashi yoki ishtirokchilardan kiritiladigan boshqa kanallarga obuna bo‘lishni so‘rashi mumkin.

Istalgan darajadagi kanallar yutuqli o‘yinni Kanal axboroti > ⋮ yoki ⋯ > Statistika > Ovozlar > Hadyalar orqali ovozlar olish rukniga kirish orqali boshlashi mumkin.

Yutuqli o‘yinlar uchun to‘lash

Yutuqli o‘yinni boshlash uchun tashkilotchi mukofotlamoqchi bo‘lgan Premium obunalar uchun oldindan to‘lashi kerak. Buni istalgan Telegram ilovasidan amalga oshirish mumkin, lekin @PremiumBot yoki Fragment orqali bu arzonroq.

“App Store” va “Google Play” tranzaksiyalar hajmini cheklaydi, @PremiumBot esa yirikroq xaridlar qilish imkonini beradi. Ulkan yutuqli o‘yinlar uchun Fragment bir vaqtda minglab obunachilarga tarqatish imkonini beradi.

telegram, telegram premium, yangilanish


Foydalanuvchilar uchun ko‘proq ovozlar

Bugundan boshlab har bir “Telegram Premium” hisobi obunasining bir qismi sifatida ko‘proq ovozlar oladi. O‘z obunasiga to‘laydigan foydalanuvchilar bir nechta kanalga ovoz berish yoki muayyan kanallarga bir nechta ovoz berish uchun bitta ovoz o‘rniga 4 ta ovozga ega bo‘ladi.

telegram, telegram premium, yangilanish

Agar foydalanuvchi kimgadir Premium hadya qilsa, u 1 ta ovoz oladi va o‘z hisobi uchun yana 3 ta ovoz oladi. Agar yutuqli o‘yinda “Premium yutsa, 4 ta ovozingiz avtomatik ravishda tashkillashtirgan kanalga o‘tadi.