“YouTube” ikkita yangi sun’iy intellekt funksiyalarini sinovdan o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “vc.ru” nashri.

Sinovdan o‘tkazayotgan birinchi vosita bu “mavzular” bo‘lib, unda sun’iy intellekt videoga ko‘p sonli sharhlarni jamlaydi.

“YouTube Premium” egalari uni saytda ro‘yxatdan o‘tish orqali sinab ko‘rishlari mumkin. Ilova foydalanuvchilari saralash tugmalari yonida “Mavzular” yangi variantni ko‘radi.

Mualliflar ushbu vositadan, masalan, muhokamalar asosida yangi videolar uchun g‘oyalarni topishda foydalanishlari mumkin, deb hisoblaydi servis. “YouTube” bu funksiyani ingliz tilidagi keng muhokama qilingan ayrim videolarda sinab ko‘rmoqda.

Ikkinchi funksiya videolar uchun chatbot. U tomosha qilayotgan video haqidagi savollarga javob berishi, uni umumlashtirishi va shunga o‘xshash kontentni tavsiya qilishi mumkin. Tajribaga qo‘shilgan foydalanuvchilar video ostida so‘rash belgisini ko‘radi.

Xizmat ushbu vositani kamchilik foydalanuvchilar soni va ba’zi videolarda sinab ko‘rmoqda.

AQShdagi Android qurilmalaridagi “YouTube Premium” egalari kelgusi haftalarda testlarga qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “YouTube” Premium Lite reklamasiz obunasini bekor qilayotgani haqida yozgandi.

Mavjud Premium Lite obunachilari tez orada reklama qo‘llab-quvvatlanadigan YouTube tomoshasiga qaytish yoki qimmatroq YouTube Premium’ga obuna bo‘lish kabi ikkita variantga ega bo‘lishadi.