“Bitkoin” narxi Coindesk birjasida $36 mingdan ortiqni tashkil qildi. Kriptovalyutaning narxi oxirgi marta 2022-yil 6-mayda bu chegaradan oshib ketgandi.
Toshkent vaqti bilan soat 09:44 holatiga ko‘ra kriptovalyuta narxi $36,8 mingni tashkil etmoqda.
Joriy yil 10-aprel kungi savdolarda Bitkoin narxi qarib 7%ga oshib, $30,2 mingni tashkil etdi.
Bitkoin narxi yanvar oyidan buyon $13,5mingga qimmatladi. Ammo o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $20mingga arzon.
Kriptovalyuta narxi 2021-yil avgustida, $50mingdan, sentabrida $51mingdan, oktabrida esa $64 mingdan oshgandi. Bitkoin 3,06% ga ko‘tarilib, $64 033ni tashkil qilgandi.
Bozor qiymati bo‘yicha eng yirik token bo‘lgan bitkoin narxi 2022-yil noyabr oyida 17%ga tushib, $17,1mingni tashkil etgandi.