“OpenAI” “ChatGPT"da o‘zbek raqamidan ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini qo‘shdi.
Kompaniya saytida O‘zbekiston neyron tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar va hududlar ro‘yxatida paydo bo‘ldi.
“OpenAI” “ChatGPT"ni 2022-yil noyabr oyi oxirida taqdim etdi. Dastlabki besh kun ichida chat-botda 1 mlndan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Neyron tarmoq allaqachon maktab o‘quvchilari va talabalari uchun imtihonlar va boshqa hujjatlarni yuqori sifatli yozish, shuningdek, AQSh universitetlariga kirish bilan mashhur bo‘ldi.
Joriy yil mart oytida “OpenAI” tasvirlarni taniy oladigan yangi ChatGPT-4 modelini taqdim etgandi.
Sun’iy intellekt tasvirlarni ham tushuna oladi, ularni tavsiflaydi va tasniflaydi hamda matn tavsifidan kod hosil qiladi.
“OpenAI” maʼlumotlariga ko‘ra, avvalgi GPT-3.5 modeli va yangisi o‘rtasidagi farq “aniq seziladi”, ammo vazifa “batafsil ko‘rsatmalar” talab qilinganda seziladi.
Shuningdek, sentabrda “OpenAI” “ChatGPT"ga chatbotdan javoblar yaratish uchun yangi so‘rov usullarini qo‘shgandi.
Qayd etilishicha, unda matn buyruqlaridan tashqari, tasvirni yuklash va neyron tarmoq bilan ovozli suhbat mavjud bo‘ladi.
Funksiya dastlab, “ChatGPT Plus” abonentlari va chat-botning korporativ foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi, boshqa foydalanuvchilar uchun esa tez orada taqdim etilishi belgilangan.