Toshkent hokimligi issiq suv ta’minoti va issiqlik energiyasi uchun tariflarni oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu bo‘yicha, 8-noyabr kuni xalq deputatlari shahar kengashi tegishli qarorni qabul qildi.
Hujjatda joriy yilning sentabr oyida qabul qilingan energetika bozoriga bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi hukumat qarori ilova qilingan.
Bunda, “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik energiyasi hamda issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun bazaviy tarif 67,3%ga oshirilib, energiya gigakaloriyasi uchun 664 465 so‘mni tashkil etadi.
Xususan, yuridik shaxslar uchun 1 Gkalning yangi narxi 212 606 so‘mni tashkil etib, bu amaldagi tarifdan 1,5 barobar ko‘p. Budjet tashkilotlari uchun narxlar 801 963 so‘mgacha oshiriladi (+59,7%).
Shu bilan birga, aholi uchun tarif o‘zgarishsiz qoldirilmoqda — bir Gkal uchun 91 960 so‘m.
Isitish tariflarining oldingi o‘zgarishi 2022-yilning oktabrida amalga oshirilib, faqat budjet tashkilotlariga ta’sir qilgandi. Shu bilan birga, tadbirkorlar uchun tarifni bazaviy tarifga, aholi uchun esa 119 548 so‘mga bosqichma-bosqich oshirish ko‘zda tutilgan.
“Veolia” va poytaxt hokimligi o‘rtasida 2021-yilda isitish tizimini boshqarish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Fransiya kompaniyasining sho‘ba korxonasi 30 yil davomida DXSh asosida issiqlik tarmog‘ini boshqaradi va sof foydaning 10%iga infratuzilmani bosqichma-bosqich modernizatsiya qiladi.
Avvalroq joriy yilning 6-noyabridan Toshkentda bosqichma-bosqich isitish mavsumi boshlanishi ma’lum qilingandi.