O‘zbekistondagi 14ta OTM “QS Asia University Rankings” reytingida Top-1000talikka kiritildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2024) natijalarini e’lon qildi.

Mazkur reytingga mamlakatning 6ta hududidan 14ta OTM kiritilib, shundan 6tasi birinchi marotaba top-1000talikdan o‘rin egalladi. Bular quyidagilar:

  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • Jizzax politexnika instituti;
  • Namangan muhandislik-texnologiya instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
  • Farg‘ona politexnika instituti.

Joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari bo‘yicha Osiyo oliygohlari reytingida 25ta davlatdan 856ta OTM ishtirok etgan.

Bunda O‘zbekistonning 3ta — O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Akademik reputatsiya” indikatori bo‘yicha “TOP-200” oliygohlar qatoridan o‘rin egalladi.

O‘zbekistondan reytingga kiritilgan oliy ta’lim muassasalari:

T/rOTM nomlari20232024
1Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU)
301−350
249
2O‘zbekiston milliy universiteti
351−400
301−350
3Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

401−450
4Toshkent davlat texnika universiteti
551−600
501−550
5Samarqand davlat universiteti
601−650
601−650
6Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

651−700
7Toshkent davlat agrar universiteti
601−650
651−700
8Toshkent moliy instituti
551−600
701−750
9Jizzax politexnika instituti

751−800
10Namangan muhandislik-texnologiya instituti

751−800
11Toshkent davlat pedagogika universiteti
701−750
751−800
12Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

801+
13Qoraqalpoq davlat universiteti
701−750
801+
14Farg‘ona politexnika instituti

801+

O‘zMU “Akademik reputatsiya” bo‘yicha nisbatan yetakchi bo‘lib, 135-o‘rinda qayd etildi. Mazkur indikator bo‘yicha 7ta OTM o‘z o‘rnini yaxshilagan.

“Ish beruvchilar o‘rtasidagi reputatsiya” indikatori bo‘yicha TIQXMMI MTU 208-o‘rin, “Professor-o‘qituvchilar va talabalar nisbati” indikatori bo‘yicha 124-o‘rinni egalladi.

2022-yili mazkur “QS Asia University Rankings” reytingigaga mamlakatdagi 8ta OTM kiritilgandi.