Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning pullari undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi tomonidan joriy yilning oktabr oyida 5ta fuqaro murojaati asosida oylik ish haqi va sug‘urta mablag‘larini olishda yordam ko‘rsatildi.
Xususan, ularning 20 526 310 koreys voni ($15 180ga yaqin) miqdorida oylik ish haqi hamda sug‘urta mablag‘lari undirib berilgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida vakolatxona tomonidan Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 31ta fuqaroning $174 496 miqdoridagi sug‘urta, kompensatsiya hamda oylik ish haqi mablag‘lari undirib berildi.
Avvalroq Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning $10 mingga yaqin ish haqi undirib berilgandi.