“Humane” startap kompaniyasi “AI Pin” aqlli broshini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

U Qualcomm chipi bilan jihozlangan va sun’iy intellektdan foydalanadi.

AQShda oldindan buyurtmalar 2023-yil 16-noyabrda ochiladi. Yetkazib berish 2024-yil boshida rejalashtirilgan.

“AI Pin"ning umumiy narxi zaryadlovchi qurilma va ikkita batareyaning bilan $699ni tashkil qiladi.

Ammo har oyda uyali aloqa xizmatlaridan foydalanish, fayllarni saqlash va neyron tarmoqlarga cheksiz miqdordagi so‘rovlar qilish imkoniyati uchun $24 miqdorida obuna to‘lash kerak bo‘ladi.

Kvadrat shaklidagi “AI Pin” qurilmasi ikki qismdan iborat — og‘irligi taxminan 34 g bo‘lgan brosh korpusi va 20 g batareya.

ai pin, aqlli brosh, humane

U mikrofon, dinamik, 13 megapikselli kamera, harakat va chuqurlik datchiklari, shuningdek, lazer proyektori bilan jihozlangan, deb yozadi “The Verge”.

Uning ekrani yo‘q, lekin sensorli panel mavjud. Kamera hozircha faqat suratga oladi, lekin dasturiy ta’minot yangilangandan so‘ng u video yozishni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Loyiha g‘oyasiga ko‘ra, AI Pin kiyimga brosh singari magnitlar yordamida biriktiriladi. Qurilmani sozlash uchun telefoningizga maxsus ilovalarni o‘rnatishning hojati yo‘q.

Uni ovoz, imo-ishoralar va teginishlar orqali boshqarish mumkin. Agar tizim matn yoki interfeysni ko‘rsatishi kerak bo‘lsa, u lazer yordamida tasvirni kaftda ko‘rsatadi.

“Humane” kompaniyasiga “Apple” dizayn va ishlab chiqish guruhining sobiq a’zolari Imran Chaudri va Bethany Bongiorno asos solgan.

Chaudri u yerda 20 yil ishlagan va iPhone bosh ekrani dizayniga rahbarlik qilgan. Bongiorno “Apple"da sakkiz yil ishladi va boshqa narsalar qatorida iOS va macOS ning rivojlanishini nazorat qildi.