Avvalrpq “Binance” Rossiyani tark etishi va mamlakatdagi biznesini “CommEX” markazlashtirilgan kripto almashinuvchisiga sotishini haqida e’lon qilgandi.

Kriptobirja Rossiya bozoridan chiqish qarori doirasida 2023-yil 15-noyabrdan boshlab rubl depozitlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, pullarni yechib olish 2024-yil 31-yanvarigacha amalga oshiriladi.

Balansda rubl qolgan foydalanuvchilar ularni komissiyasiz “CommEX” birjasiga o‘tkazishlari mumkin. Buning uchun siz platformadagi hisobni “Binance” hisobiga bog‘lash kerak.

Bundan tashqari, pulni kriptovalyutaga almashtirish yoki aylantirish, shuningdek, “Binance"ning “fiat sheriklari” orqali yechib olish mumkin. Biroq kompaniya ularning nomini aytmagan.

2022-yilning aprel oyida “Binance” rossiyaliklar uchun dastlabki cheklovlarni kiritgandi.

2023-yil mart oyida “Binance” rossiyaliklar uchun p2p xizmati orqali dollar va yevro sotib olish va sotishni yopdi va buni Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining o‘ninchi paketini qabul qilish bilan izohladi.

Avgust oyida u rossiyaliklarga rubldan boshqa valyutalar bilan p2p xizmati orqali tranzaktsiyalarni amalga oshirishni taqiqladi.

Sentabr oyida OAVda birjaning Rossiya bo‘limining ikki top-menejeri kompaniyani tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


Avvalroq “Spot” nima uchun O‘zbekiston “Binance” xalqaro kriptobirjasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani haqidda yozgandi.

“NAPP"ga ko‘ra, kompaniya shartlari litsenziya olishdagi talablarga javob bermagani sababli hamkorlik qilinmagan.

Qayd etilishicha, kompaniyani nazorat qilish yo‘llari aniqlanmagunga qadar, uning faoliyati qonuniylashtirilmaydi.