“Uzbekistan Airways” 4-dekabrdan boshlab Xabarovskdan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Xabarovsk aeroporti”.

Xabarovskdan O‘zbekiston poytaxtiga parvozlar Airbus A321 samolyotlarida haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Ikki shahar o‘rtasida oxirgi marta parvozlar o‘n yil avval amalga oshirilgan.

Aeroport ma’muriyatining ta’kidlashicha, yaqin orada ushbu yo‘nalish bo‘yicha chiptalar sotuvi boshlanadi.


Avvalroq “Spot” dekabrdan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Taylandning Pxuket oroliga parvozlarni boshlashi haqida yozgandi.

Muntazam reyslar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni kompaniya sayti hamda “Uzbekistan Airways” ilovasida xarid qilish mumkin. Biroq aviakompaniya saytida mazkur yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmagan.