Noyabr oyining dastlabki 10 kunida ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishlari bo‘yicha qonun buzilish holatlari kuzatildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Inspeksiya hamda Bosh prokuratura tomonidan joriy oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilarning 1 185ta holatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Bunda, iste’molchilar tomonidan 11,33 mlrd so‘mlik elektr energiyasi hamda 3,56 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan. Natijada davlat manfaatlariga keltirilgan jami 14,9 mlrd so‘mlik zarar undirishga qaratildi.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy foydalanish holati Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Sentabr oyida elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 111,2 mlrd so‘m zarar yetkazilgani ma’lum qilingandi.

Oktabrda Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.