“Google” dekabr oyida ikki yoki undan ortiq yil davomida faol bo‘lmagan hisoblarni o‘chirishni boshlashini e’lon qildi. Bu haqda “Android Authority” nashri xabar berdi.

Agar sizda saqlamoqchi bo‘lgan nofaol hisobingiz bo‘lsa, buni amalga oshirish uchun hali vaqtingiz bor, deyiladi xabarda.

Texnologik gigant bu jarayonni yaratilgan, lekin boshqa ishlatilmaydigan akkauntlardan boshlab bosqichma-bosqich boshlamoqda.

Biroq “Google” hozirda YouTube video hisoblarini o‘chirish niyati yo‘qligini aytadi.

Hisobni saqlash uchun uni faollashtirish kifoya. Buni istalgan “Google” xizmatidan foydalanib, tizimga kirish orqali qilish mumkin.

Masalan, quyidagi amallar hisobni faollashtiradi:

  • elektron pochtani o‘qish;
  • “Google Disk"dan foydalanish;
  • “YouTube” tomosha qilish;
  • “Google” qidiruvidan foydalanish;
  • uchinchi tomon xizmatiga kirish uchun “Google” hisobiga kirish.

Kompaniya ushbu siyosat faqat shaxsiy hisoblar uchun amal qilishini, bu tashkilotlar hisoblariga ta’sir qilmasligin ma’lum qildi.


Avvalroq “Spot” “Google"ning “Duet AI” xizmati endi foydalanuvchilar o‘rniga elektron pochta xabarlarini yozishi haqida yozgandi.

Bunda “Gmail” foydalanuvchilari elektron pochta xabarlarini yozishda yordam berish uchun turli xil variantlarni taklif qiladigan “menga yozishga yordam bering” tugmachasidan foydalanishi mumkin.