Avvalroq “EastFruit” O‘zbekistonda mandarinlarning ulgurji narxlari dinamikasida pasayish tendensiyasi boshlangani haqida yozgandi.

Xalqaro platforma tahlilchilari prognoz qilganidek, keyinchalik ushbu mahsulotlar narxi pasayishda davom etdi va ketma-ket uchinchi hafta pasayib bormoqda.

“EastFruit” narxlari monitoringiga ko‘ra, 2023-yil 20-oktabrdan 10-noyabrgacha O‘zbekistonda mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi 29 ming so‘mdan 20 ming so‘m/kgga ($2,37dan $1,63ga), ya’ni uch hafta ichida 45%ga pasaygan.

eastfruit, mandarin

2023-yil 10-noyabr holatiga ko‘ra, mandarinlarning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilga nisbatan 35%ga past va deyarli 2021-yilning xuddi shu sanasidagi darajani qayd etgan.

“EastFruit” tahlilchilari O‘zbekistonda mandarin narxining o‘tgan yillardagi dinamikasiga asoslanib, hech bo‘lmaganda joriy yilning oxirigacha ushbu mahsulotlar narxining yanada pasayishini kutishmoqda.

2022-yilda O‘zbekistonga 63,6 tonna mandarin import qilindi, bu 2021-yilga nisbatan 1,8 barobar va 2020-yilga nisbatan 2,8 barobar ko‘pdir.

O‘tgan yili O‘zbekiston bozoriga mandarinning asosiy yetkazib beruvchilari Pokiston (umumiy importning 80,3%dan ortig‘i), Xitoy (9,1%) va Turkiya (6,8%) bo‘lib, ushbu mamlakatlarning umumiy ulushi ushbu importning 96%dan ortig‘ini tashkil etdi.


Avvalroq “EastFruit” O‘zbekistonda so‘nggi bir hafta ichida pomidor narxi 1,5 barobarga qimmatlagani haqida yozgandi.

Yumaloq qizil pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 4000dan 6000 so‘mgacha oshdi. Pushti pomidor narxi esa 7000 so‘mdan 12000 so‘mga qimmatladi.