E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


“Spot” O‘zbekiston banklaridagi kobeyjing kartalarini chiqarish shartlarini o‘rganib chiqdi.

Hozirda bunday kartalarni mavjud 35 ta bankdan 12 tasida ochish mumkin. Karta ochish narxi esa 20 mingdan 53 ming so‘mgacha.

Kobeyjing kartalarining boshqalardan farqi shundaki, kartaning old tomonida ikkita to‘lov tizimining logotiplari joylashgan. Bular “UZCARD-Mastercard”, “UZCARD-UnionPay”, “Humo-Visa”, “Humo-Mastercard” bo‘lishi mumkin.

Chet elda to‘lovlarni amalga oshirayotganda kartadagi pul avtomatik ravishda karta egasi istiqomat qiladigan mamlakat valyutasiga konvertatsiya qilinadi.

Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan va call-markazlaridan olingan.

Bank nomi
Karta turi
Chiqarish (ming so‘m)
Sug‘urta depoziti
Naqd pul yechib olish*
Tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov
Agrobank
HUMO-Visa
49 500
-
1%
0,5%
UZCARD-Mastercard
-
1%
0,5%
UZCARD-UnionPay
$10
1,5%
0,5%
Asakabank
HUMO-Mastercard
34 500
15 000
1,5%
0,5%
UZCARD-Mastercard
52 900
15 000
1,5%
0,5%
Aloqabank
UZCARD-UnionPay
30 000
100 000
1%
-
UZCARD-“МIR”
-
-
Asia Alliance Bank
UZCARD-UnionPay
49 500
50 000
-
-
-
-
Davrbank
UZCARD kobeyjing
30 000
-
0,5%-
HUMO kobeyjing
Garantbank
UZCARD-UnionPay
40 000-
1%
1%
Humo-Mastercard
25 000
Ipoteka bank
HUMO-Visa
30 000
-
1%
-
HUMO-Mastercard
-
1%
-
Mikrokreditbank
HUMO-Mastercard
20 000
-
1%
-
Poytaxt Bank
UZCARD-UnionPay
45 000
-
1%
-
Turonbank
HUMO-Visa
36 000
$10
2%
0,5%
Ziraat Bank Uzbekistan
UZCARD-Mastercard
50 000
50 000
1%
-
O‘zmilliybank
UzCARD-MIR
bepul-1,5%-

*Mamlakat ichida uchinchi tomon bankomatidan naqd pul olinganda komissiya foizi. Shu bilan birga, komissiya nafaqat kartani chiqargan bank tomonidan, balki bankomatga ega bo‘lgan bank tomonidan ham olinadi. Shuningdek, komissiya bankomat qaysi to‘lov tizimiga tegishli ekanligiga qarab o‘zgaradi. Shu sababli, ba’zi hollarda, jadvalda ko‘rsatilganidan ko‘ra ko‘proq komissiya olinishi mumkin.