Avvalroq “Spot” Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketi doirasida hajmi $5,3 mlrdni tashkil etadigan savdo cheklovlarini joriy etishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketini tayyorladi, deya xabar bermoqda “RBC” nahsri.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozef Borrelning ta’kidlashicha, sanksiyalar olmoslarni Yevropa Ittifoqiga olib kirishni taqiqlash va boshqa eksport cheklovlarini o‘z ichiga oladi.

Borrelning ma’lum qilishicha, Yevrokomissiya yangi sanksiyalar paketini 15-noyabr kuni e’lon qiladi.

“Biz ushbu paketning so‘nggi tafsilotlarini yakunlaymiz”, dedi Borrell. Chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda u Yevrokomissiya tomonidan kelishilishi, shundan so‘ng u Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Yangi paket, shaxsiy sanksiyalar, olmoslarni Yevropa Ittifoqiga olib kirishni taqiqlash va boshqa eksport cheklovlari, shuningdek, neft narxining yuqori chegaralarini oshirish va amaldagi sanksiyalarni chetlab o‘tish bilan bog‘liq choralarni o‘z ichiga oladi.

2023-yil 27-oktabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen YeI Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini, jumladan G7 bilan birgalikda tayyorlanayotgan rus olmoslarini eksport qilishni taqiqlashni muhokama qilayotganini aytdi.

Olmosga oid G7 bayonoti 2023-yil oktabr oyi oxirigacha chiqarilishi kerak edi, deya xabar berdi “Reuters”. Buning ortidan Yevropa Ittifoqi sanksiyalari e’lon qilinadi.

21-iyun kuni Yevropa davlatlari vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘n birinchi paketi bo‘yicha kelishib olgandi.

U Ukrainada keng ko‘lamli mojaro boshlanganidan keyin 2022-yil fevralidan beri joriy qilingan cheklovlarni chetlab o‘tishning oldini olish choralarini o‘z ichiga oladi.

Gap eksport nazoratini kuchaytirish va sanksiyalarni chetlab o‘tishda ishtirok etganlikda gumon qilinayotgan Rossiyadan tashqaridagi kompaniyalarga ta’sir o‘tkazish haqida bormoqda.

YeI MDH mamlakatlariga — masalan, Armaniston yoki O‘zbekistonga tovarlar yetkazib berish hajmining keskin ortishidan, jumladan, cheklovlar qo‘yilganidan xavotirda edi. Keyin bu mahsulotlar Rossiyaga “parallel import” orqali yetib boradi.

“Kreml tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tashkilotlarga nisbatan eksport cheklovlarini kuchaytirish Putinning urush mashinasiga yana bir zarba beradi”, — dedi Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bayonotida.

Bizning sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi vositamiz Rossiyaning ushbu ro‘yxatdagi tovarlarni olishiga to‘sqinlik qiladi, deydi u.

Yevropa Ittifoqi 71 shaxs va 30 tashkilotni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bundan tashqari, blok mamlakatlariga rus yuk mashinalarining kirishiga va “Drujba” quvurining janubiy tarmogi orqali Rossiyadan neft yetkazib berishga taqiq joriy etilmoqda.