Toshkent shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirida Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Sh.P. o‘z uyida 94ta to‘plamdagi qo‘lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini o‘rnatgani aniqlandi.
Fuqaro umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulanib, jami 540 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oktabr oyida Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalanayotgan mayning ferma aniqlanib, unga nisbatan 12,3 mlrd so‘m mablag‘ zarar, huquqbuzarga nisbatan esa 9,9 mlrd so‘m jarima hisoblanib, mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yilgandi.
Joriy yildan mamlakat fuqarolari va yuridik shaxslar kripto-aktivlar bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishi belgilangan.