“Tesla” o‘zining Cybertruck pikaplarini sotib olinganidan keyin birinchi yil davomida qayta sotishni taqiqladi, deya xabar bermoqda “habr.com” nashri.

Yangilangan “Tesla” avtomobillarini sotib olish shartnomasiga ko‘ra, gap cheklangan miqdorda bozorga chiqadigan “Cybertruck” haqida bormoqda. “Reseller yo‘q” bo‘limiga “Faqat Cybertruck” uchun belgilangan qayta sotilmasligi bandi qo‘shildi.

Avtomobil egasi buni amalga oshirishi kerak bo‘lsa, sotishdan oldin u kompaniyadan bitim uchun yozma ruxsat so‘rashi va uni sotib olish uchun imtiyozli huquq bilan ta’minlashi kerak.

Agar xaridor ushbu shartlarni buzsa, unga “Tesla” tomonidan qonuniy choralar ko‘riladi, bunda kompaniya avtomobilga egalik huquqini topshirishni taqiqlashni yoki $50 ming miqdoridagi zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Shuningdek, kompaniya kelajakda o‘z avtomobillarini bu shaxsga sotmaydi.

Ko‘rinishidan, bu talab “Tesla” kompaniyasining ba’zi avtomashinalari ilgari bozordan ancha yuqori narxlarda qayta sotilgani bilan bog‘liq. Uning dastlabki modellaridan ba’zilari teskari muhandislik uchun boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan sotib olingan.

Hisob-kitob har bir mil uchun $0,25 (1 km uchun taxminan $0,15) chegirmaga, shuningdek, kosmetik ta’mirlash va nosozliklarni bartaraf etish xarajatlariga asoslanadi. Agar haydovchi to‘lovni rad etsa, kompaniyaning maxsus ruxsati bilan transport vositasini uchinchi shaxslarga sotishi mumkin bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Tesla” bir hafta ichida $85 mlrd bozor qiymatini yo‘qotgani haiqda yozgandi.

Kompaniyaning aksiyalari narxi 18%ga tushib ketib, ikki yillik eng past darajaga yetgan.