“Threads” foydalanuvchilarga bog‘langan “Instagram” profilini o‘chirmasdan akkauntni o‘chirish imkonini beradi. Bu yangilanish haqida “Instagram” rahbari Adam Mosseri ma’lum qilgan.

“Threads"da hisobni o‘chirish uchun “Sozlamalar"ga o‘tish, “Hisob qaydnomasi” bo‘limini topish va “Profilni o‘chirish yoki faolsizlantirish” bandini bosish kerak. Barcha ma’lumotlar 30 kun ichida o‘chiriladi.

Bungacha tarmoq foydalanuvchilari akkauntini “Instagram” akkauntidan alohida o‘chirish imkoniyatiga ega emas edi.

Ayni paytda bu funksiya tarqatish bosqichida, shuning uchun u ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Mosserining so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu xususiyatni so‘rashgan. U o‘zining rasmiy “Threads” sahifasida tarmoqdagi akkauntni alohida o‘chirish yo‘lini qidirayotganini haqida ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Mosseri “Meta"ga tegishli “Facebook” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida “Threads” postlarini avtomatik nashr qilishni o‘chirish imkoniyati mavjudligini e’lon qildi.

Ushbu xususiyatning integratsiyasi bir necha kun oldin boshlangan va hozirda barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lmasligi mumkin.


Avvalroq “Meta” “Twitter"ga o‘xshash “Threads” ilovasini 6-iyul kuni ishga tushirishi va hozircha faqat iOS foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Ilova ishga tushirilgandan keyin o‘zbekistonliklar “App Store"da eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylangandi.

Shuningdek, ilova ishga tushirilgan birinchi kunida butun dunyo bo‘ylab 30 mlndan ortiq odam ilovaga qo‘shilgan.

Keyinchalik “Threads” ilovasi Yevropa ittifoqi davlatlarida bloklangandi. Bunga ilovaning Yevropa Ittifoqining raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonunida keltirilgan ma’lum talablarga javob bermagani sabab bo‘lgan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Irlandiya va Belgiyadagi ilovalar do‘konlarida “Threads” ko‘rinmagan.


Avvalroq “Spot” “Threads"da tahrirlash tugmasi ishga tushirilgani haqida yozgandi.

Ilgari foydalanuvchilar postni o‘chirib, tuzatilgan shaklda uni qayta nashr etishlari kerak edi.