“YouTube” tez orada sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentni yorliqlash uchun yangi talabni joriy qilmoqchi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

“Xususan, bu sodir bo‘lmagan voqealar yoki haqiqiy odamlarning ular qilmagan harakatlari tasvirlangan videolar hisoblanadi”, deyiladi kompaniya blogida.

Platformaga video yuklashda ijodkorlardan sun’iy intellektdan foydalanish haqida tomoshabinlarni xabardor qilish so‘raladi. Tegishli belgi pleer yoki video tavsifida ko‘rsatiladi.

youtube, sun'iy intellekt, kontent nazorati

Zo‘ravonlikni namoyish qiluvchi yoki hayratlanarli sahnalarni o‘z ichiga olgan yaratilgan videolar yorliq mavjudligidan qat’i nazar o‘chirib tashlanadi.

Qoidalarni muntazam ravishda buzganlik uchun kontent sheriklik monetizatsiya dasturidan chiqarilishi yoki o‘chirilishi mumkin.

“Kompaniya ijodkorlar oshkor qilish talablariga rioya qilyaptimi yoki yo‘qligini aniqlash uchun vositalar ustida ishlamoqda”, deya tushuntirdi “YouTube” vakili “The Verge” nashriga.


Avvalroq “Spot” “YouTube” yangi tugma funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.

Maxsus tugma foydalanuvchi nima ko‘rishni bilmasa, tasodifiy videoni ochish imkonini beradi.