“Forbes” nashri “Aviasale"s xizmatidan foydalangan holda xorijga parvozlar uchun eng yaxshi 20 ta aviakompaniya reytingini tayyorladi.
Reyting yo‘lovchilar oqimi va narxlar ma’lumotlarini tahlil qilish imkonini beruvchi “Aviasales SaaS” xizmati, “Aviastats” ma’lumotlariga asoslanadi.
Aviakompaniyalarni baholash to‘rt mezondan iborat:
- Narxi (umumiy ballning 40%i). Chiptalar qanchalik arzon bo‘lsa, ball shuncha yuqori bo‘ladi.
- Parvozlarning chastotasi (umumiy ballning 25%i). Ballar aviakompaniyalar tanlangan shaharlarga amalga oshirgan haftalik reyslar soniga bog‘liq.
- Marshrut tarmog‘i (umumiy ballning 25%i). Ballar aviakompaniya yordamida uchishingiz mumkin bo‘lgan tanlangan shaharlar soniga bog‘liq.
- Sharhlar (umumiy ballning 10%i). “Yandex Travel” va “Tripadvisor” xizmatlarida sayohatchilar qoldirgan sharhlari va reytinglari tahlili.
Reytingning kuchli uchligida Rossiyaning “Aeroflot” (86,4 ball), “S7 Airlines"(60 ball), “Azimut” (58 ball) aviakompaniyalari egalladi.
Undan keyingi o‘rinni “Utair” 57,2 ball bilan eggalagan bo‘lsa, kuchli beshlikni 55,9 ball bilan “Pobeda” aviakompaniyasi yakunladi.
55,6 ball bilan “Uzbekistan Airways” va “Red Wings Airlines” mos ravishda olti va yettinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, reytingda quyidagi aviakompaniyalar bor:
- Nordwind Airlines;
- Rossiya;
- Ural Airlines;
- Belavia;
- Avia Traffic Company;
- Ikar;
- Scat;
- Tailwind Airlines;
- Pegasus Airlines;
- Azur Air;
- IrAero;
- FlyOne;
- Turkish Airlines.
Avvalroq “Spot” “Aeroflot” Moskva Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklayotgani haqida yozgandi.
Shuningdek, o‘tgan yil dekabr oyi boshida “Aeroflot” Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga parvozlar uchun chiptalar sotishni boshlagani xabar berilgandi.
Samarqandga reyslar 16-dekabrdan, Toshkentga esa 17-dekabrdan haftasiga uch marta amalga oshiriladi.