Xitoy dunyodagi eng tez internetni ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “South China Morning Post”.
Qayd etilishicha, u sekundiga 1,2 terabit (1200 gigabit) ma’lumotlarni uzatadi.
Bu tezlik ko‘rsatkichi rekord bo‘lib, u bir soniyada HD formatda 150 ta filmni uzatishga teng hisoblanadi.
3 ming km dan ortiq uzunlikdagi kabel Pekin, Uxan va Guanchjouni bog‘ladi. U iyul oyida tarmoqqa ulangan va sinovdan o‘tgandan so‘ng foydalanishga topshirilgan.
Qayd etilganidek, ushbu ma’lumotlarni uzatish tezligi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha AQShdagi shunga o‘xshash loyihalardan 10 baravar yuqori.
Bundan tashqari, kabelni ishlatish uchun dasturiy ta’minot va apparat butunlay Xitoyda ishlab chiqarilgan.
Avvalroq “Spot” Rossiya 3G aloqa tarmoqlaridan voz kechishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, Raqamli rivojlanish vazirligi 2027-yilda butun Rossiya bo‘ylab 3G tarmog‘ini o‘chirib qo‘yish taklifini bergan. Bo‘shatilgan radiochastota resursidan zamonaviyroq 4G va 5G uchun foydalaniladi.