Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada yuk tashish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda “Qozog‘iston temir yo‘li” kompaniyasining matbuot xizmati.
Mamlakat temir yo‘llari “Sariag‘ash” chegara punktida yuk ortib borayotgani, bu esa magistral tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini pasaytirayotganini ta’kidlamoqda. Agar belgilangan me’yor 6 ming vagon bo‘lsa, hozirga kelib vagonlar oqimi 6,5 mingga yetadi.
“Vaziyatni barqarorlashtirish uchun QTJ (Qozog‘iston temir yo‘li — „Spot“ izohi) O‘zbekiston temir yo‘l ma’muriyati bilan „Sariag‘ash“ chegara punkti orqali yuk tashish hajmini kuniga 30ta poyezdgacha oshirish borasida ish olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
“Qozog‘iston temir yo‘li” kompaniyasi 20-noyabrdan boshlab O‘zbekiston yo‘nalishidagi yuk tashuvlarining qo‘shimcha hajmlari bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqishni boshlaydi.
Sentabr oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l sohasida “Mesplan” tizimi orqali rejalarni muvofiqlashtirishi ma’lum qilindi. O‘zbekistonga mo‘ljallangan ko‘mir, don va boshqa yuklarni yuklash va tashishda “O‘zbekiston temir yo‘llari"ning ochiq vagonlari va boshqa turdagi vagonlaridan foydalanadi.