AQShning Kaliforniya universiteti qoshidagi Sof va amaliy matematika instituti (IPAM) amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

“Talabalar uchun sanoat loyihalarida tadqiqotlar” (Research in Industrial Projects for Students — RIPS) dasturida butun dunyodan matematika, statistika, informatika va tegishli fanlar bo‘yicha bakalavr bosqichidagi talabalar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilarga sanoat yoki davlat sektori homiylari tomonidan taklif qilingan real tadqiqot loyihalarida jamoalarda ishlash imkoniyati beriladi. Har bir talaba jamoasi o‘zining akademik va sanoat mentori ko‘magida muammoni tadqiq qiladi va natijalarni dastur oxirida og‘zaki va yozma ravishda taqdim etadi.

RIPS dasturidan so‘ng, ayrim jamoalar o‘z natijalarini nashr etishni yoki milliy konferensiyalarda taqdim etishni tanlashadi. IPAM har bir bakalavr talabasiga yordam va rag‘batlarni taqdim etadi.

Dastur 2024-yilning 24-iyunidan 23-avgustigacha Los-Anjelesda joylashgan IPAMda olib boriladi.

Qabul qilingan talabalar quyidagi imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi:

  • $4200 miqdorida stipendiya;
  • homiylar bilan tashriflar;
  • borish va qaytish aviachipta xarajatlari;
  • universitet yotoqxonasidan turar joy;
  • oziq-ovqat;
  • viza;
  • tanlangan konferensiyalar uchun sayohat xarajatlari.

Nomzodlar transkript (yoki akademik ma’lumotnoma), rezyume hamda ikkita ma’lumotnomani onlayn jo‘natishlari kerak. Dastur talablari bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Arizalarni ko‘rib chiqishda xotin-qizlar, matematiklar ustunlikka ega. Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari hamda 18 yoshdan yuqori bo‘lishlari kerak.

Dasturda ishtirok etish uchun arizalarni 2024-yilning 12-fevraligacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar:


Avvalroq Vengriya hukumatining “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.