Indoneziyaning “Batik Air” aviakompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati

Qayd etilishicha, aviakompaniyaning birinchi parvozi 2023-yil 15-dekabrga belgilangan.

Kuala-Lumpur-Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A330 samolyotlarida haftada bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniya vakillari “Uzbekistan Airports” rahbariyati bilan uchrashuv davomida mintaqada yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish va parvozlar sonini ko‘paytirish niyatini bildirdi.

O‘z navbatida, boshqaruv kompaniyasi aviatashuvchini qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Batik Air” — bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo’lib, Indoneziya ichida muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi hamda “Lion Air” (loukoster) arzon aviakompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” Xabarovskdan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Aviaqatnov 4-dekabrdan boshlanib, haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi.