“BMW” Germaniyada ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Myunxendagi zavodda yig‘ilgan oxirgi dvigatel V8 bo‘ldi, deya xabar bermoqda “BMW Blog”.

Germaniyadagi zavod elektromobillar ishlab chiqarish uchun konvertatsiya qilinib, “BMW” korxonani qayta tashkil etish uchun 400 mln yevroga yaqin sarmoya kiritmoqda.

Myunxendagi ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan 1,2 ming zavod xodimlari qayta o‘qitiladi va ular boshqa lavozimlarga o‘tkaziladi.

“BMW” ikki mamlakatda ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishni davom ettiradi. 4,4 litrli V8 va 6,6 litrli V12 Buyuk Britaniyada, kichikroq dvigatellari Avstriyada ishlab chiqarilishi davom etadi.

Myunxendagi zavod allaqachon i4 elektromobilini ishlab chiqarmoqda, i3 modeli ham shu yerda ishga tushiriladi.

2025-yildan boshlab Bavariya kompaniyasi “BMW” zavodlarining keyingi avlodini konveyerga (Neue Klasse) qo‘yadi.


Avvalroq “Spot” Yevropa Ittifoqi 2035-yildan boshlab elektr transport vositalariga to‘liq o‘tmoqchi ekanligi haiqda yozgandi.

Yevropa komissiyasi va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullangan qarorga ko‘ra, Ittifoqga aʼzo davlatlar o‘z hududida 13 yildan keyin ichki yonuv dvigatelli yangi avtomobillarni sotish va ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlaydi.

Shu bilan birga, bir qator yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari, xususan, “Volkswagen”, “Yaguar”, “Ford”, “Bentley Motors”, “Peugeot”, “Citroen” va “Fiat” shu vaqtga kelib, ehtimol undan ham oldinroq o‘zlarining Yevropa liniyalarida faqat elektromobillarni qoldirishlarini e’lon qilishdi.

2035-yildan boshlab benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillarni sotishni to‘liq taqiqlashdan tashqari, Ittifoq davlatlari CO2 emissiyasining yanada qattiq standartlarini joriy etishga kelishib olishdi.

2030-yilga kelib ularni 2021-yil darajasiga nisbatan 37,5%ga emas, avvalroq rejalashtirilganidek 55%ga kamaytirishga qaror qilindi.

“Biroq, bu yetakchi konsernlar boshqa mintaqalar uchun odatiy elektr stansiyalari bilan avtomobillar ishlab chiqarishda davom etishini istisno etmaydi”, — dedi Rossiya avtomobil sotuvchilari uyushmasi vitse-prezidenti Denis Migal.

“Ichki yonuv dvigatellarini (ICE) rad etish global tendensiyadir. Va bu hikoyani qandaydir tarzda to‘xtatish mumkin emas. Kelajakda hammamiz elektromobillarga o‘tamiz, deya qo‘shimcha qildi Migal.

Yevropa konsernlari 2035-yilga borib elektromobillar bozorida yetakchilikni qo‘lga kirita olishi dargumon, deydi “Za Rulem” jurnali bosh muharriri Maksim Kadakov.

Uning tahminiga ko‘ra, ichki yonuv dvigatellari bo‘lmagan avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinni egallaydi.

“Menimcha, akkumulyator ishlab chiqarishda foydalaniladigan foydali qazilmalarni qazib olish jarayoniga egalik qiluvchi yoki nazorat qiluvchi kompaniya yetakchi bo‘lishi mumkin”, — dedi u.