17-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida “IT Voice” BPO-markazi ochildi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy bo‘linmasi va tizimning hududiy tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Ta’kidlanishocha, yangi “IT Voice” markazi o‘z oldiga bir nechta asosiy maqsadlarni qo‘ygan bo‘lib, Sirdaryodan AQShga IT va logistika xizmatlarini eksport qilish, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, IT-xizmatlar eksporti hajmini oshirish va viloyat yoshlarini ish bilan ta’minlash shular jumlasidandir.

Ayni paytda markazda 30 nafar yosh mutaxassis ish bilan ta’minlangan bo‘lib, yaqin kelajakda ularning sonini 60 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

“IT Voice” kompaniyasi rahbari Javlonbek Hamidjonga “IT Park” rezidenti sertifikati topshirildi.

Tadbir davomida “IT Park” rezidentlari va yosh dasturchilarning startap loyihalari ham taqdim etildi va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Kelgusida Sirdaryoning boshqa tuman va shaharlarida ham shunga o‘xshash markazlarni tashkil etish taklif qilindi.


Avvalroq “Spot” “IT Park"ning Sirdaryo viloyati filialida masofaviy xizmatlar eksporti BPO logistika markazi ochilgani haqida

Markaz IT va logistika yo‘nalishidagi xizmatlarni Sirdaryodan turib, AQShga eksport qilish imkonini beradi.

Natijada 6ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularning sonini 50taga yetkazish rejalashtirilgan. Yil yakunigacha IT xizmatlari hajmi $100 mlnga yetishi kutilmoqda.