“Google"ning “DeepMind” bo‘limi o‘zining so‘nggi va eng ilg‘or sun’iy intellektga asoslangan “Lyria” deb nomlangan musiqa tizimini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “VentureBeat”.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, model mashhur san’atkorlarning uslubiga taqlid qiluvchi yuqori sifatli vokal, qo‘shiq matni va orqa treklarni yaratishi mumkin.

“DeepMind” “Lyria"ni “YouTube Shorts"da yangi musiqa yaratish tajribalarini ishga tushirish bilan bir vaqtda e’lon qildi.

“Dream Track” vositasidan foydalanib, tajribada qatnashmoqchi bo‘lgan to‘qqiz nafar ijrochidan birining uslubida 30 soniyali qo‘shiq yaratish mumkin.

Bular Alek Benjamin, Charli Put, Charli XCX, Demi Lovato, Jon Legend, Lui Bell, Papoose, Sia, T-Pain va Troye Sivan.

Ushbu qo‘shiqlar “YouTube Shorts"da qisqa videolar sifatida joylashtiriladi. San’atkorlar o‘zlarining qo‘shiqlarini “Lyria” modelini o‘rgatish uchun ishlatishga kelishib oldilar.

“Google” o‘zining ijrochilar bilan hamkorligi haqida bir nechta tafsilotlarni taqdim etdi. Hozircha “Lyria” imkoniyatlari cheklanganligicha qolmoqda va odamlarning ijodiy o‘ziga xosligi bilan tenglasha olmaydi.

Sun’iy intellektning jadal rivojlanishi axloqiy va huquqiy xavotirlarni kuchaytirmoqda, deydi ekspertlar.


Avvalroq “Spot” “Google” ob-havoni bashorat qiladigan yangi neyron tarmoq yaratgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, sun’iy intellekt asosida ishlovchi tarmoq ob-havoni sinoptik markazga qaraganda tezroq va aniqroq bashorat qiladi.