“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadigan “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda restorator, “Smart Group” bosh direktori va boshqaruvchi hamkor Sanjar Maqsudov bilan suhbatlashdik.

U kunini va ishini nimalarsiz tasavvur qilolmasligi haqidagi savollarga javob berish uchun ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:



Ryukzagimda olib yuradigan eng asosiy narsalardan biri bu — noutbuk. Hamma narsa menda shuni ichida, masalan, xizmat safariga chiqadigan bo‘lsam, har doim kompyuterim yonimda bo‘ladi. Chunki qayerga borsam, noutbukimni ochaman, ana shu joy ofisga aylanadi.

ryukzagda nima bor, sanjar maksudov, tadbirkorlar

Ofisim bor, lekin u yerga bormaganimga 3 yildan oshdi, hozirda qaysi restoranimga borsam o‘sha joy meni ish joyim bo‘ladi. Ofisda ishlagandan ko‘ra, restoranning o‘zida ishlash men uchun unumliroq.

Ryukzagimda “powerbank” (quvvatlagich) bor, chunki usiz telefonlarni quvvati yetmaydi. Shuningdek, quloqchin bor, qayerda yursam ham audio kitob yoki nimadir eshitib yuraman. Anchadan beri qog‘oz kitob o‘qimayman, hammasi yo elektron yoki audiokitob bo‘ladi.

ryukzagda nima bor, sanjar maksudov, tadbirkorlar

Yana taqdimotlar o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan “clicker” bor. Bundan tashqari “hard disk” va “card reader” olib yuraman.

Hozirda yangi telefondan foydalanishni boshlaganim uchun, ikkita telefon ishlatib yuribman.

ryukzagda nima bor, sanjar maksudov, tadbirkorlar

Ryukzagimda umuman qog‘oz yo‘q, chunki hamma narsani yoki telefonga yo kompyuterimga yozib yuraman. Ish jarayonida muloqotimiz tegishli platformada yoki “Telegram"da bo‘ladi.

100% raqamli olamga o‘tib ketganman. Nimaga desam, chunki men xunuk yozaman, klavish orqali yozsam tez yozaman, hattoki qaramasdan turib ham yoza olaman.