“Amazon” kompaniyasi Niderlandiyada 100 yildan ortiq vaqt davomida qamoqxona sifatida foydalanilgan “Prison de Koepel” qamoqxonasining binosini yangi ofisiga aylantirdi, deya xabar bermoqda “Gadgetonus” nashri.
Qayd etilishicha, endi kameralar o‘rnida ish xonalari, umumiy sayr joyida oshxona va dam olish uchun maydonlar mavjud.
Binoning boshqa qismlarida esa ekskursiyalarga mo‘ljallangan hudud va talabalar uchun o‘quv binolari joylashgan.
Sobiq qamoqxonani boshqarayotgan “Cupola XS” kompaniyasi uni ishlashdan tashqari dam olishingiz mumkin bo‘lgan to‘laqonli jamoat maydoniga aylantirmoqchi.
Ta’kidlanishicha, binoning podvalida allaqachon kinoteatr mavjud, ekskursiyalar o‘tkaziladi va yakshanba kunlari mahalliy orkestrning konsertlari bo‘lib o‘tadi.
“Amazon"ning ofisidan tashqari, binoda “Rabobank”, “ROM InWest” va “BCNL” ofislari ham joylashgan.
Mazkur qamoqxona 1901-yilda ochilgan. Unda 100 yildan ko‘proq vaqt davomida mahkumlar saqlangan va 2016 yilga kelib yopilgan.
Shundan so‘ng qisqa muddat Garlem shahriga kelgan suriyalik muhojirlar uchun boshpana sifatida foydalanilgan.