Avvalroq “OpenAI” “ChatGPT'ga ovozli chatlarni qo‘shgani haqida xabar berilgandi.
Funksiya dastlab faqat pulli obunachilar uchun mavjud bo‘lib, keyinchalik undan hamma foydalanishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Endilikda “OpenAI” “ChatGPT” boti bilan ovozli suhbatlarni bepul qildi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.
Qayd etilishicha, ovozli chatlar faqat ilovada ishlaydi. Ular matnni ovozga aylantiruvchi model va “Whisper” nutqni aniqlash tizimiga asoslangan.
Foydalanuvchi ovoz chiqarib savol berishi yoki botga topshiriq berishi va ovozli javob olishi mumkin.
Avvalroq o‘zbekistonliklarga ChatGPT’ga kirish huquqi berilgani haqida xabar berilgandi.
Endilikda neyron tarmoqdan o‘zbek raqami bilan ro‘yxatdan o‘tish orqali foydalanish mumkin.
“OpenAI” “ChatGPT"ni 2022-yil noyabr oyi oxirida taqdim etdi. Dastlabki besh kun ichida chat-botda 1 mlndan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Neyron tarmoq allaqachon maktab o‘quvchilari va talabalari uchun imtihonlar va boshqa hujjatlarni yuqori sifatli yozish, shuningdek, AQSh universitetlariga kirish bilan mashhur bo‘ldi.
Joriy yil mart oytida “OpenAI” tasvirlarni taniy oladigan yangi ChatGPT-4 modelini taqdim etgandi.
Sun’iy intellekt tasvirlarni ham tushuna oladi, ularni tavsiflaydi va tasniflaydi hamda matn tavsifidan kod hosil qiladi.
“OpenAI” maʼlumotlariga ko‘ra, avvalgi GPT-3.5 modeli va yangisi o‘rtasidagi farq “aniq seziladi”, ammo vazifa “batafsil ko‘rsatmalar” talab qilinganda seziladi.