Toshkent shahrida jamoat transportining yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish hamda xizmatlar sifatini oshirish maqsadida ayrim harakatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, 22-noyabrdan boshlab “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 74-sonli “Nayman mahallasi — Chilonzor metrosi” avtobus yo‘nalishining harakati Nayman mahallasi bekatidan Ferma bekatigacha uzaytirilmoqda.
Yo‘nalishning Chilonzor metrosi tomon harakati Bunyodkor ko‘chasi orqali (Gavhar ko‘chasi orqali Olmazor metrosi bekatiga kirmagan holda) o‘zgartirildi.
“7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 141-sonli “Karvon bozori — Paxtakor metrosi” avtobus yo‘nalishining harakati KHAYdan Bog‘iston, Muqimiy, Samarqand darvoza, Qoratosh ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab o‘zgartirildi
Shuningdek, “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 161-sonli “Erkin mahallasi — Olmazor metrosi” avtobus yo‘nalishining harakati Erkin mahallasidan Quyoshli qo‘rg‘onigacha uzaytirilgan.
Bundan tashqari, 23-noyabrdan boshlab, “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 158-sonli “Quyoshli qo‘rg‘oni — Do‘mbirabod mavzesi” avtobus yo‘nalishining harakati to‘xtatilmoqda.
Joriy yilning 10-noyabridan 12, 26, 54, 30, 133, 73 hamda 150-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirilgandi.
Shu bilan birga, Toshkent aeroportiga olib boruvchi 10ta avtobus harakati qayta tiklanib, 11, 40, 45, 47, 61, 67, 76, 77, 94 va 106-sonli avtobus yo‘nalishlari yangi ko‘prik yo‘li orqali harakatlanishni davom ettirmoqda.