Markaziy bankning 2023-yil 24-noyabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12304 (+15,95) so‘mni tashkil qilmoqda.
Bundan oldingi dollar kursining rekord ko‘rsatkichi 9-noyabr kuni qayd etilgan bo‘lib, dollari kursi 16,93 so‘mga oshib, tarixiy maksimal 12 297 so‘mga yetgandi.
10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 000 so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.
Bungacha u yana ikki marta — 7 va 9-avgust kunlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan. Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.
Xususan, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.
Shuningdek, bu eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi — fundamental omillar ta’sirida to‘g‘rilanishi kuzatildi.