Majburiy ijro byurosi Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi mehmonxona binosini kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.
“Grand Capital” mehmonxonasi Sharofobod ko‘chasida, “Minor” metro bekati, Toshkent moliya instituti va Oloy bozori yaqinida joylashgan. To‘rt qavatli bino 2018-yilda qurilgan.
Mehmonxona 172 ta xonadan iborat bo‘lib, bino umumiy maydoni 3352 kvadrat metrni egallaydi
Binoda barcha kommunikatsiyalar — elektr, gaz, suv va kanalizatsiya bor. Poytaxt restorani binoning birinchi qavatida joylashgan.
Lotning boshlang‘ich narxi 49,97 mlrd so‘m, zakalat puli esa 2,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Auksion 22-dekabr kuni 10:00 da o‘tkaziladi hamda arizalar shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.