“Instagram” ilovada barchaga Reelsni yuklab olish imkonini beradi, deya xabar bermoqda “TechCrunch” nashri.

Ushbu yangilanishdan oldin videolarni faqat keyinroq ko‘rish uchun “Instagram” ilovasiga saqlash mumkin edi.

Yoki foydalanuvchilar boshqa xizmatlar orqali o‘ziga kerakli videoni yuklab olishi mumkin edi.

2023-yil iyun oyida kompaniya AQShlik foydalanuvchilarga Reelsni yuklab olishga ruxsat berdi, endi funksiya hamma uchun mavjud, deb yozadi “TechCrunch”.

Foydalanuvchilar “Ulashish” tugmasini bosishlari va videoni saqlash uchun yuklab olish variantini tanlashlari mumkin.

Yuklab olingan Reelslarda muallifning akkaunt nomi bilan “Instagram” belgisi bo‘ladi.

instagram, reels, yuklash

Hisoblar o‘z videolarini yuklashni o‘chirib qo‘yish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Yuklab olish funksiyasini Sozlamalar > Maxfiylik > Reels va remiks orqali o‘chirib qo‘yish va “odamlarga Reelsni yuklab olishiga ruxsat berish” tugmachasini bosish mumkin.

Litsenziyalangan musiqadan foydalanadigan videoni yuklab olinganida, yuklab olingan videoda ovoz bo‘lmaydi.


Avvalroq “Spot” “Instagram” yaqin do‘stlar funksiyasini asosiy tasmaga ham qo‘shishi haqida yozgandi.

Endi foydalanuvchilar postlar va asosiy tasma videolarini faqat o‘zlarining tanlangan do‘stlari bilan baham ko‘rishlari mumkin.