“Uzbekistan Airways” barcha xalqaro reyslarga 20% chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro chiptalarni bir hafta davomida, ya’ni joriy yilning 23-noyabridan 30-noyabrigacha xarid qilish mumkin.
Chegirma joriy yilning 23-noyabridan 2024-yilning 29-fevraligacha bo‘lgan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Aviachiptalarni rasmiy saytdan, aviakompaniya agentlaridan, shuningdek, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-bino manzilida joylashgan “Uzbekistan Airways Sales” filialidan xarid qilish mumkin.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun 25% chegirma e’lon qilgandi. Chegirmadan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar 30-noyabrgacha foydalanishlari mumkin.
Kompaniya 4-dekabrdan Xabarovskdan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi. Kelasi oydan Taylandning Pxuket oroliga ham parvozlarni boshlaydi.