“Meta” kompaniyasi “WhatsApp"da sun’iy intellekt chat-botini ishga tushirishga tayyorlanmoqda, deya xabar berdi “WABetaInfo” nashri.

Qayd etilishicha, taqdim qilinishi kutilayotgan chat-bot hozirda beta-sinov bosqichida.

Kompaniya chat-botni o‘z platformalariga olib kirish uchun “Microsoft Bing” bilan ishlamoqda. “Meta”, shuningdek, o‘zining katta til modeli “Llama 2"ni ishlab chiqmoqda.

Sun’iy intellekt chat-botini “WhatsApp"ning so‘nggi beta-versiyasida topish mumkin. “WABetaInfo” portali messenjerning 2.23.24.26 versiyasining skrinshotini e’lon qildi, unda chat belgisi ustida yangi belgi paydo bo‘ldi, ehtimol chat-botni boshqarish uchun mo‘ljallangan.

chat-bot, whatsapp

Hozirda yangi funksiya haqida ko‘p narsa aniq emas, biroq u foydalanuvchilarga o‘z savollariga javob olish va messenjerda ishlashni yanada optimallashtirish imkonini beradi deb taxmin qilish mumkin.

Chat-bot hozircha faqat cheklangan miqdordagi “WhatsApp” foydalanuvchilari uchun mavjud.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp” sun’iy intellekt yordamida stikerlar yaratishni sinovdan o‘tkaza boshlagani haqida yozgandi.

Bunda foydalanuvchi kerakli tavsifni kiritishi kerak, “WhatsApp” unga stikerlar uchun bir nechta variantni taklif qiladi.