O‘zbekistonliklar Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Nomzodlar yapon tilini yetarli darajada (N5-N4) bilishi, 18−30 yoshgacha hamda maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, 3 yildan 5 yilgacha ishlashga tayyor bo‘lish talab etiladi.

Ishchilarga oyiga 235 ming iyena ($1574) beriladi. Bir oylik tayyorlov-moslashtirish davrida 145 ming iyena ($971) miqdorida oylik maosh ajratiladi.

Qabul qilingan ishchilarga Toshkentdan Yaponiyagacha aviachipta va aeroportdan ish joyigacha bo‘lgan xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Nomzodlar og‘zaki suhbat asosida tanlab olinadi. Suhbatlar 2023-yilning 28-noyabr kuni 11:00 va 29-noyabr kuni 10:00da agentlikning hududiy filiallarida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Hududiy filiallar manzillari hamda aloqa raqamlarini havola orqali olish mumkin.

Suhbatda ishtirok etish uchun joriy yilning 24-noyabr kuni 18:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Tanlab olingan nomzodlar Toshkentda 3−4 oylik tayyorgarlik kurslariga qatnashishi shart. Unda ishtirok etish bepul. Biroq, Toshkentdagi yashash xarajatlari nomzodlar hisobidan qoplanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Rossiyaning “Magnit” riteyleri o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilishi haqida xabar berilgandi. Savdo tarmog‘i ishchi kuchi yetishmasligi sabab xorijliklarni ishga yollashni rejalashtirmoqda hamda birinchi bosqichda 40ta o‘zbekistonlik ishga qabul qilinadi.