“Ancor” staffing kompaniyasi O‘zbekistonda ish beruvchini tanlashda respondentlarning afzalliklarini tahlil qildi. (“Spot"da tahlil natijalari mavjud).

Sentabr-oktabr oylarida “Ancor” “Human Capital Days” forumining axborot ko‘magida respublika bo‘ylab 16 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan mehnatga layoqatli yoshdagi 3500 nafar respondent o‘rtasida onlayn so‘rov o‘tkazdi.

Ish beruvchini tanlashga ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta asosiy omillar orasida yaxshi maosh (respondentlarning 48%i), yoqimli ish muhiti (43%), qiziqarli ish (42%), sifatli mahsulot (42%) va qulay joylashuv (41%) bor.

So‘rovda qatnashganlar O‘zbekistondagi eng jozibador ish beruvchi sifatida “Uzbekistan Airways” aviatashuvchisini aniqladilar.

“Ancor” tadqiqotiga ko‘ra, har olti respondentdan biri o‘z biznesini ochishni afzal ko‘radi. Jozibadorlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda davlat xizmati (14%) turadi, bu ishga joylashishni o‘ylayotganlar uchun ustuvor hisoblanadi.

Bundan tashqari, respondentlar orasida eng jozibador imtiyozlar ishga borish uchun kompensatsiya (respondentlarning 74%i), tibbiy sug‘urta (73%), shuningdek sayohat sug‘urtasi, qo‘shimcha dam olish kunlari, uyali aloqa uchun kompensatsiya (har biri 72%) bo‘ldi.


Avvalroq “Spot” “Ancor” O‘zbekistondagi ayrim kompaniyalarda amaliyot dasturlari mavjudligi haqida tahllilari haqida yozgandi.

Ko‘pgina tashkilotlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib yosh mutaxassislarni o‘qitishga jalb qiladi.