Oltinning bir unsiyasi $2500gachacha qimmatlashishi mumkin, deya xabar bermoqda “Business Insider” nashri “Fundstrat” tadqiqot firmasi boshqaruvchi direktori Mark Nyutonga tayanib.
Joriy haftada jahon bozorida qimmatbaho metalning untsiyasi $2000dan oshdi, ammo keyinchalik oltin narxi biroz pasaydi.
Qayd etilishicha, siyosiy noaniqlik ham qimmatbaho metal narxining oshishiga yordam beradi.
Yaqin Sharqdagi urush tufayli investorlar ishonchli aktiv sifatida oltinni tobora ko‘proq sotib olishmoqda. Vaziyatga AQSh dollari kursining tushishi ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Avvalroq oltin narxi besh oy ichida birinchi marta bir unsiya uchun $2000gacha ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, oltin narxining oshishiga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi sabab bo‘lgan.
Avvalroq “Spot” olti oylik kamayishdan keyin O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oshgani haqida yozgandi.
Oktabr oyida mamlakat zaxiralari $1,86 mlrdga oshib, $32,9 mlrdni tashkil etdi.
Shuningdek, uchinchi chorakda O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi.
Markaziy bank Xitoy, Polsha, Turkiya va Hindistondan keyin 7 tonna qimmatbaho metal sotib oldi.