“Meridiam” investitsiya fondi O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish niyatida. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov fondning Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Remi Hassenforder boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Remi Hassenforder fond tomonidan turli mamlakatlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirib, yangi innovatsion maktablar va shifoxonalar qurish borasidagi loyihalar bo‘yicha takliflar bildirdi.

Jamshid Qo‘chqorov mamlakatning turli hududlarida innovatsion maktablar qurish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr bildirib, bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

Bundan tashqari, transport infratuzilmasi, xususan, DXSH shartlarida Buxoro-Samarqand va Toshkent-Andijon avtomobil yo‘llarining qurilish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar kelgusida hamkorlik qilish va loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Meridiam” fondiga 200-yilda asos solingan. Kompaniya Parij shahrida joylashgan bo‘lib, uzoq muddatli jamoat infratuzilmaviy loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va boshqarishga ixtisoslashgan global investor va aktivlarni boshqaradi. Yevropa, Shimoliy Amerika va Afrikadagi jamoat infratuzilmasiga sarmoya kiritadi.


Noybar oyi boshida prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilingandi.

Bitim jamg‘arma doirasida hamkor davlatlar — Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya bilan investitsiyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.