“Google"ning sun’iy intellektga asoslangan “Bard” chat-boti “YouTube” videolari mazmunini qayta aytib berishni va ko‘rgan narsalari haqidagi savollarga javob berishni o‘rgandi. Bu haqda “Android Authority” nashri xabar berdi.

Bunda hatto videolarni yoqish shart emas, bot ulardan mustaqil ravishda ma’lumot oladi. Bu xususiyat “Google Labs” tajriba dasturining bir qismi sifatida mavjud.

Ilgari “Bard” foydalanuvchi so‘rovi asosida kerakli videolarni topishga muvaffaq bo‘lgan. Misol uchun, agar foydalanuvchi pitsa tayyorlamoqchi bo‘lsa, sun’iy intellekt yordamchisi unga pishirish videolarini yuboradi.

Ayni paytda chat-bot barcha so‘rovlarni qabul qilmaydi va ba’zida xatoliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, u to‘liq retsept ni taqdim eta olmaydi, ammo bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar so‘rovi unga tushunarli.

Biroq, “YouTube” sun’iy intellektni o‘z platformasiga integratsiyalashgan holda tajribani davom ettirish niyatida.

“Bard” nafaqat videoni hikoya qilishi va u haqidagi savollarga javob berishi, balki sharhlarda muhokama qilinadigan narsalarni umumlashtirishi mumkin.

Bu foydalanuvchilar uchun juda qulay bo‘lib, vaqtni tejashi va faqat haqiqatan ham qiziqarli videolarni tomosha qilish mumkin.


Avvalroq “Spot” “Google” sun’iy intellektga ega “Assistant with Bard"ni ishga tushirgani haqida yozgandi.

Undan matn, ovoz yoki tasvirlar yordamida o‘zaro aloqada qilishda, ma’lumotlarni topishda foydalanish mumkin.