Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi “Honda” old xavfsizlik kamarini mahkamlash moslamalarida yetishmayotgan qism tufayli AQShda 300 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib oladi, deya xabar berdi “MarketWatch”.

Qayd etilishicha, mazkur muammo avariya paytida jarohat olish xavfini oshirishi mumkin.

Avtomobillarning qaytarib olinishi Accords va HR-V modellariga ta’sir qiladi, deyiladi AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) bayonotida.

Kompaniya old xavfsizlik kamarini mahkamlash moslamalarida kerakli qism yo‘qligini yig‘ish paytida yo‘l qo‘yilgan xato bilan izohladi.

16-noyabr holatiga ko‘ra, “Honda"ga muammo bo‘yicha yettita shikoyat kelib tushgan, biroq hech qanday jarohatlar qayd etilmagan, deya qayd etdi “MarketWatch”.


Avvalroq “Spot” “Sony” kompaniyasi “Honda” bilan birgalikda elektromobil ishlab chiqarishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, “Honda” elektromobillar ishlab chiqarish uchun masʼul bo‘ladi, “Sony” esa dasturiy ekotizimni taklif qiladi.