24-noyabr kuni Toshkentda HUMO BONUS sodiqlik dasturining ishga tushirilishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Mehmonlar orasida tadbirda HUMO to’lov tizimining bosh direktori, bank raislari va ularning o’rinbosarlari, shuningdek HUMO BONUS dasturining asosiy hamkorlari qatnashishdi. OAV vakillari va blogerlar HUMO BONUS vakillariga dasturning ishlash jarayoni va boshqa xususiyatlari yuzasidan turli savollar bilan murojaat qilishdi.
HUMO BONUS sodiqlik dasturi HUMO milliy kartalari asosida tashkil etilgan keshbek tizimi sifatida taqdim etildi.
Dastur biznes uchun yangi imkoniyatlar ochadi va kompaniyalarga yangi mijozlarni jalb qilishda hamda doimiy mijozlarni saqlab qolishda yordam beradi. HUMO kartasi orqali to’langan har bir xarid keshbek bilan rag’batlantiriladi. Shu tarzda, dastur kompaniyalar va mijozlar hayotini osonlashtirish, xarid qilish tajribasini yaxshilash va uni yanada daromadli qilishga qaratilgan.
Biznes-nonushta davomida mehmonlar HUMO BONUS dasturining tafsilotlari bilan tanishdilar, shuningdek, norasmiy va do‘stona muhitda maroqli vaqt o‘tkazdilar.
HUMO BONUS jamoasi dastur biznes uchun ajralmas vositaga aylanishiga ishonadi. Dastur taqdim etadigan imtiyozlar va har bir xarid uchun keshbek olish imkoniyati yordamida ko‘proq mijozlarni jalb qilish va ularni saqlab qolish mumkin.
HUMO BONUS dasturi haqida ko‘proq maʼlumotni quyidagi havola yoki (+998) 93−111−57−57 telefoni orqali olsa mumkin.
Sayt: humobonus.uz
E-mail: humobonus@gmail.com
Instagram: @humobonus
Reklama huquqlari asosida.