O‘zbekistonda tadbirkorlarning ishonchlilik reytingi aniqlanishi mumkin. Bu bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi hukumat nizomini tasdiqlash haqidagi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Loyiha bilan tadbirkorlarning inson omilisiz ishonchlilik reytingini baholash tizimiga tayangan holda ularning ishonchliligini aniqlash amaliyotini joriy etish, buning asosida ularga qo‘shimcha rag‘batlantirish va preferensiyalar, taqdim etish belgilanmoqda.

Ishonchlilik reytingi har kuni davlat organlari va idoralarning axborot tizimida mavjud ma’lumotlardan foydalanilgan holda shakllantiriladi hamda Soliq qo‘mitasining rasmiy saytida e’lon qilinib boriladi.

Reytingni aniqlash uchun tadbirkorlar haqidagi mavjud ma’lumotlar doimiy ravishda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlil qilinadi hamda ularning faoliyati reyting tizimi asosida baholab boriladi.

Baholash mezonlari bo‘yicha umumiy ball baholash vaqtida amalda bo‘lgan mezonlar soni va ularga berilgan ballar yig‘indisidan kelib chiqib belgilanadi.

Tadbirkorlarning faoliyati umumiy, ballarni kamaytiruvchi hamda qo‘shimcha ball beruvchi mezonlar bo‘yicha baholanadi.

Umumiy mezonlar:

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davri;
  • EBITA bo‘yicha rentabellik darajasi;
  • bank krediti tarixi holatining ijobiyligi;
  • yer maydonlari (jumladan qishloq xo‘jaligi uchun uzoq muddatli ijaraga ajratilgan) va mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi (ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganligi);
  • iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasining nisbati;
  • soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi;
  • hisoblangan soliq summasining belgilangan muddatlarda to‘lanishi;
  • hisoblangan soliq summasi to‘lov topshiriqnomasi orqali amalga oshirilganligi;
  • elektron hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilganligi;
  • elektron hisobvaraq-fakturalar orqali yil davomida xarid qilingan tovarlar realizatsiyasi amalga oshirilishi (yil boshi va yil oxiridagi tovar, asosiy vosita qoldiqlari hisobga olgan holda);
  • tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi holati.

Ballarni kamaytiruvchi mezonlar:

  • oxirgi 12 oy davomida soliq organlarida hisobda turgan joy o‘zgartirilishi;
  • korxona rahbarining qo‘nimsizligi (ohirgi o‘n ikki oy davomida uch va undan ortiq marotaba o‘zgartirilganda);
  • ta’sischi yoki rahbar (mulkdor)ning ishonchsizligi;
  • taqdim etilgan soliq hisobotlariga tuzatishlar soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan ixtiyoriy kiritilishi;
  • QQS to‘lovchisi maxsus guvohnoma holati;
  • soliq qarzining mol-mulk hisobidan undirilishiga qaratilganligi;
  • yuridik shaxs va (yoki) uning mansabdor shaxslariga nisbatan soliq yoki bojxonaga oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy, jinoiy
    yoki boshqa javobgarlik choralari ko‘rilganligi.
  • mahsulotlar (tovar va xizmatlarning) identifikatsiya kod (MXIK)laridan noto‘g‘ri foydalanilganligi;
  • tadbirkorning kreditor qarzdorligi holati.

Qo‘shimcha ball beruvchi mezonlar:

  • tadbirkor tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lganlar bandligi ta’minlanganligi;
  • o‘tgan hisobot davriga nisbatan (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi olgan) xodimlar sonining ortishi (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun o‘tgan oyga nisbatan solishtiriladi);
  • iqtisodiy faoliyat turlariga muvofiq QQS bo‘yicha bir oylik hisoblangan soliq summasining o‘rtacha nisbati;
  • iqtisodiy faoliyat turlariga muvofiq aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan soliq summasining o‘rtacha nisbati.

Shuningdek, qaror loyihasida mezonlarning baholash metodikasi berilgan. Tadbirkorlarning ishonchlilik reytingi shkalasi quyidagicha:

ishonchlilik reytingi, qaror loyihasi, qonunchilik, reyting, tadbirkorlik

Ishonchlilik reytingidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar qo‘llash Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. Fikr-mulohazalar joriy yilning 12-dekabrigacha qabul qilinadi.


Avvalroq IIV o‘quv avtodromlarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish talablarini tasdiqlash bo‘yicha qaror loyihasini muhokamaga qo‘ygandi.