“Amazon” kompaniyasi korporativ vazifalar uchun “Q” chat-botini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.
Chat-bot oldindan foydalanib ko‘rish uchun mavjud. Bu davrda uning funksiyalaridan bepul foydalanish mumkin, keyinchalik tarifga qarab bir kishi uchun yiliga $20 yoki $25 turadi.
Qayd etilishicha, “Q” chat-boti biznes muammolarini hal qilish uchun mo‘ljallangan.
U “Gmail”, “Slack”, “Google Driv”, “Microsoft 365” va “Atlassian” (Jira, Trello, Confluence) kabi ilovalarga yoki kompaniyaning ichki ma’lumotlar bazalariga ulanishi mumkin.
“TechCrunch” ta’kidlashicha, chat-bot ilovalardan biznesga kirish uchun ma’lumotlarni to‘playdi.
$20lik asosiy tarifda chat-bot umumlashtirish, qidirish va kontent yaratishi, xat qoralama yozishi, xulosa chiqarishi yoki uchrashuv rejasini ishlab chiqishi mumkin.
U maxsus plaginlar yordamida foydalanuvchi nomidan harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, undan ma’lumotlarni umumlashtirishni so‘rash, so‘ngra ushbu ma’lumot asosida Jira-da vazifa yaratish mumkin. Vazifani bajarishdan oldin, “Q hamma narsani to‘g‘ri bajarganligini aniqlaydi.
$25lik obundada “Amazon Web Services” bilan ishlash haqida savollar berish, bulut xizmatining tavsiyalari va imkoniyatlari haqida bilib olish mumkin. Chat-bot shuningdek kodni tuzatish va optimallashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
U allaqachon yozilgan kodni tahlil qiladi va undagi xatolarni topishi, uni o‘zgartirishi, yangisini yozishi yoki kompaniya qaysi kod va qaysi xizmatdan foydalanishini aytib berishi mumkin. Bu funksiya endigina boshlagan dasturchilar uchun foydali bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “Amazon” sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv dasturini ishga tushirgani haqida yozgandi.
Dastur sakkizta onlayn kursni o‘z ichiga olib, unda til modellari bilan ishlashda qo‘llaniladigan generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganish mumkin.