O‘zbekiston MDHda qo‘sh soliqqa tortishni unifikatsiya qilish va oldini olish to‘g‘risidagi protokolni bekor qiladi. Bu haqda prezident qarori “Lex.uz” portalida e’lon qilingan.
“O‘zbekiston tomonidan 2019-yil 2-avgustda imzolangan 1992-yil 15-maydagi daromadlar va mol-mulkni ikki tomonlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yondashuvni birlashtirish va bitimlar tuzish to‘g‘risidagi bayonnomaning amal qilishini tugatiladi”, deyiladi qarorda
Bayonnoma MDH davlatlari rahbarlari tomonidan 1992-yil may oyida Toshkentda imzolangan. Hujjat foyda, daromad va mulk solig‘iga nisbatan qo‘llaniladi.
Qaror bilan Soliq qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Avvalroq O‘zbekiston va AQSh ikki tomonlama soliqqa tortishdan saqlanish bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlashga kelishgandi. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovning AQShga tashrifi doirasida ma’lum qilindi.