“Tinkoff Travel” tadqiqoti natijalariga ko‘ra, yangi yil bayramlari uchun chet elga sayohat qilishni rejalashtirayotgan rossiyaliklarning aksariyati Tayland, Turkiya va BAAga ta’tilga borrishni reja qilgan. Bu haqda “RBC” nashri xabar berdi.
Yangi yil ta’tilini chet elda o‘tkazishni rejalashtirgan rossiyaliklarning uchdan bir qismi (32%) Taylandga borishga qaror qildi.
Chet elga sayohat qilish uchun ikkinchi eng mashhur yo‘nalish Turkiya bo‘ldi — tadqiqot ishtirokchilarining 13%i u yerga borishmoqchi.
Uchinchi o‘rinni 9% natija bilan BAA, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni 7% bilan Hindiston va Xitoy egalladi.
Taqqoslash uchun: 2023-yilda 1−8-yanvar kunlari sotib olingan barcha chiptalarning 55%i Turkiyaga to‘g‘ri kelgan. Sayohatlarning 19%i Taylandga, yana 10%i BAAga bo‘lgan.
Yangi yil sayohatlari uchun yaqin xorij yo‘nalishlari orasida O‘zbekiston eng ommabop hisoblanandi.
1-yanvardan 8-yanvargacha bo‘lgan sanalar uchun sotib olingan chiptalarning 25%i ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi.
MDH davlatlariga sayohat qilishni xohlovchilarning yana 22%i Armanistonga chipta sotib olgan. Ozarbayjon mintaqadagi sayohatchilar orasida mashhurlik bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi (13%).
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston rossiyaliklar orasida mashhur qishki yo‘nalishlar uchligiga kirgani haqida yozgandi.
Shuningdek, ular ko‘proq Tayland, Turkiya, Hindiston va Ozarbayjonga borishni rejalashtirmoqda.