O‘zbekistonning ikki kompaniyasi Qirgizistonning Jalolobod viloyatida to‘qimachilik fabrikasini quradi, deya xabar bermoqda “Economist.kg” nashri

Yirik to‘qimachilik fabrikasi Jalolobod viloyati Nooken tumani Orol qishlog‘ida qurilishi rejalashtirilgan. Ularning qiymati $31 mlnga baholanmoqda.

Qirg‘iziston prezidentning viloyatdagi vakili Absattor Sirg‘aboyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning “Art Soft Holding” va “Sassa Group” kompaniyalari sanoat obyektini qurish niyatida.

Qayd etilishicha, Jalolobod viloyati hokimligi investorlar bilan uch tomonlama shartnoma imzolagan.

Loyihaga ko‘ra, zavod qurilishi joriy yilning dekabr oyida boshlanib, 2024-yil oxirigacha yakunlanadi. Qurilish uchun 20 gektar yer ajratildi.

Korxonada paxta matolari va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Buning natijasida 1000dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Qirg‘izistonga lizing asosida yo‘lovchi avtobuslarini yetkazib berishi haqida yozgandi.

Natijada O‘shdan O‘zbekiston chegarasigacha qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.