Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi “Maxsustrans” DUK tomonidan maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qarorni tasdiqladi.
Unga ko‘ra, poytaxt aholisi va tashkilotlar uchun maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlariga majburiy to‘lovlar miqdori oshirilmoqda.
Xususan, fuqarolar uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi oyiga 4500 so‘mdan 7500 so‘mga, budjet va xo‘jalik tashkilotlariga bir kubometr uchun 53 986,56 so‘mdan 89 977,57 so‘mga oshiriladi.
Shuningdek, quyidagi boshqa o‘zgarishlar ham mavjud (QQSsiz):
Xizmat turi (1 tonnasi uchun) | Amaldagi tarif, so‘mda | Taklif etiilayotgan narx, so‘mda |
Suyuq qattiq maishiy chiqindini olib chiqish (budjet va xo‘jalik tashkilotlari) | 20 174,12 | 188 808,96 |
Qattiq maishiy chiqindilarni “Ohangaron” chiqindi tashlash maydoniga olib chiqish (ND-310 maxsus avtomashinasida) | 15 015,77 | 78 507,57 |
Korxona va tashkilot qattiq maishiy chiqindilarini (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod, CHQY) punklariga qabul qilish, utilizatsiya qilish va Ohangaron poligoniga tashish | 22 275 | 116 461,34 |
Korxona va tashkilot qattiq chiqindilarini Ohangaron poligoniga qabul qilish va utilizatsiya qilish | 13 076 | 59 399,61 |
Korxona va tashkilotlardan Ohangaron poligoniga chiqindi qabul qilish va ko‘mish bo‘yicha xizmatlar | 124 129,17 | 861 112,01 |
Bundan oldin Ekologiya vazirligi to‘rtta hududda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha yagona tariflar joriy etilganini ma’lum qilgandi. Qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt yil davomida narxlar o‘zgarmagan.
Viloyat/hudud | Aholi uchun tariflar, so‘mda | Yuridik shaxslar uchun tariflar, so‘mda |
Toshkent, viloyati | 4400 | 61 000 (QQS bilan 68 320) |
Samarqand shahri va tumani | 5000 | 90 000, QQS bilan |
Samarqandning boshqa tumanlarida | 4129 | 59 693, QQS bilan |
Farg‘ona viloyati, shaharlar | 5000 | 48 000 (QQS bilan 53 760) |
Farg‘ona viloyati, tumanlar | 4000 | |
Andijon viloyati | 3500 | 47 500, QQS bilan |
Avvalroq Toshkentda ichimlik va oqova suv narxi oshirilishi xabar berilgandi. Aholi, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun sovuq suv narxi 1400 so‘mni, yuridik tashkilotlar uchun esa 3000 so‘mni tashkil etadi.